Joriy yilning 13- iyun kuni Statistika agentligining Narxlar statistikasi bo‘limi mutaxassisi A.To‘ychiyev, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi o‘rinbosari E.Urunov hamda Chirchiq shahar statitsikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi U.Sapaydinov bilan birgalikda “Iste’mol narxlari indeksi” kuzatuvining xizmatlar guruhi boʻyicha faoliyat yuritayotgan, hozirda tanlanma kuzatuvga tushgan xizmat koʻrsatish ob‘yektlariga borib narx-navolarni oʻrgandi.
Maʻlumot uchun, Narxlar statistikasi kuzatuvlarini oʻtkazish uchun planshet qurilmasida “Tanlanma kuzatuvlar” platformasi oʻrnatilgan boʻlib, mazkur platformada har bir kuzatuvlarning oʻtkaziladigan xizmat koʻrsatuvchi ob‘yektlar roʻyxati, toʻldirish talabiga mos keluvchi elektron shakllar oʻrnatilgan, Narx registratori har bir kuzatuv boʻyicha platformaning tegishli boʻlimiga kirib, xizmat koʻrsatish narxlarini elektron dasturda qayd etadi.





