2023- yil yanvar-mart oylarida Toshkent viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida qayta ishlash sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu tarmoqda jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 2163,4 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 31,7 %i o‘zlashtirilgan.