12/06/2023

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning may oyida paxta yog‘i narxlari aprel oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 1,3 foizga arzonlashgan.

Paxta yog‘i narxlari 2023 yil boshidan beri o‘rtacha 7,4 foizga arzonlashgani kuzatilgan.

2023 yilning may oyida o‘tgan oyga nisbatan:

O’simlik yog‘lari narxlari - o‘rtacha 1,7 foizga arzonlashgan.

Kungaboqar moyi narxlari - o‘rtacha 2,1 foizga arzonlashgan.

Sariyog‘  narxlari - o‘rtacha 0,7 foizga oshgan.