10/06/2023

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O’zbekistonga 2023 yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 36,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 89 mingta konditsioner import qilingan.

 Konditsioner importi 2022 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 908 taga oshgan.

 O’zbekiston 4 oyda eng ko‘p konditsioner import qilgan davlatlar:

 — Xitoy – 86,5 ming dona

 — Turkiya – 962 dona

 — Tayvan – 270 dona

 — Chexiya – 262 dona

 — Germaniya – 174 dona

 — Fransiya – 161 dona

 — Italiya – 143 dona