09/06/2023

Toshkent viloyati bo‘yicha 2023- yilning yanvar-aprel oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 4615,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 15,0 %ga o‘sdi. Shu jumladan, kichik biznes subyektlarining savdo tovar aylanmasi 3097,7 mlrd. so‘mni (104,6 %ga teng) tashkil etdi. Ushbu sektor jami viloyat ulgurji savdo tovar aylanmasida 67,1 % ulushni tashkil etdi. 

Ulgurji savdo tovar aylanmasida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlariga ega yirik hududlar Qibray (163,4 %), Parkent (125,5 %) tumanlari hamda Nurafshon (114,1 %) shahrida kuzatildi.