09/06/2023

2023- yilning yanvar-aprel oyida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 44,6 %ni hamda o‘zgarish sur’ati 2022- yilning shu davriga nisbatan 107,6 %ni tashkil etdi. Boshqa xorijiy davlatlarning viloyat tashqi savdo aylanmasidagi ulushi  2023- yilning yanvar-aprel oyida 55,4 %ni (2022- yilning ushbu davrida tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 54,6 %ni tashkil qilgan), o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 111,2 %ni tashkil etdi.