2023- yil yanvar-aprel oylarida Toshkent viloyatida bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 21,0 %ni tashkil etib, 2022- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,2 % punktga ko‘paydi.
Ushbu faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 2022- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 0,4 % punktga kamayib, 40,3 %ni tashkil etdi.
Norasmiy sektorning ulushi esa 2022- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 1,7 % punktga ka‘mayib, 38,7 %ni tashkil etdi.