09/06/2023

Toshkent viloyatida 2023-yilning yanvar-mart oylarida  kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 4463,1 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Hududlar kesimida kichik  tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p  sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi  Chirchiq shahri (987,1mlrd.so‘m),  Zangiota tumani (528,1 mlrd.soʻm), Toshkent tumani (415,6 mlrd.soʻm),  Yuqori Chirchiq tumani (405,4 mlrd. soʻm) va Qibray (344,1 mlrd.soʻm) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Bo‘ka tumanida (5,4 mlrd.soʻm) sanoat  mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi eng past bo‘lib qolmoqda.