2023-yil yanvar-aprel oylarida Bekobod tumanining korxonalari tomonidan 138,1 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining o‘sish sur’ati 103,1% ni tashkil etdi. Jami sanoat mahsulotlari hajmida hududlarning ulushi 2,2 % ga yetdi.
Bundan tashqari:
🟣 Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari – 844,6 ming so‘m
🟣Iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish – 64,8 mlrd.so‘m
🟣Aholi jon boshiga iste’mol mahsulotlari – 396,4 ming so‘m
🟣Nooziq-ovqat mahsulotlar ishlab chiqarish – 54,8 mlrd.so‘m
🟣Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 10,0 mlrd.so‘m