2023- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra,Toshkent viloyatida otlarning umumiy bosh soni 55 225 taga yetdi. 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda otlar bosh soni – 103 taga (0,2 %) ko‘paydi.
Otlar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami otlarning 79,3 %i dehqon va tomorqa xo’jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.