2023-yilning yanvar-aprel oylari davomida respublika boʻyicha sport, koʻngil ochish va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 296,1 mlrd. soʻmni tashkil etgan. Ushbu sohada koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmining 54,6 %i Toshkent shahrining hissasiga toʻgʻri kelmoqda.