06/06/2023

Toshkent viloyatida  2023- yil yanvar- mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 4 463,1 milliard so‘mni tashkil qildi.

 Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi  Chirchiq shahri (987,1 mlrd.so‘m), Zangiota tumani (528,1 mlrd.soʻm), Toshkent tumani (415,6 mlrd.soʻm), Yuqori Chirchiq tumani (405,4 mlrd. soʻm) va Qibray (344,1 mlrd.soʻm) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Bo‘ka  tumanida (5,4 mlrd.soʻm) sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi eng past bo‘lib qolmoqda.