2023-yilning yanvar-aprel oylarida Toshkent viloyatida jami 3,9 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 16,7 % ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 60,7 % hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 22,6 % ni tashkil etdi.