06/06/2023

2023- yil yanvar-aprel oyi yakuni bilan Toshkent viloyatida 611,2 mln. AQSh dollari qiymatdagi tovar va xizmatlar eksport qilindi. 2022- yilning shu davriga nisbatan 96,3 %ni tashkil qildi.

Eksport tarkibida tovarlar ulushi 99,8 %ni tashkil etib, bular asosan sanoat tovarlari (66,9 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (10,1 %), turli xil tayyor buyumlar (13,0 %), nooziq-ovqat xom-ashyosi (yoqilg‘idan tashqari)  (2,4 %), kimyoviy vositalar va shu kabi mahsulotlar (4,2 %), shuningdek, mashina  va transport asbob-uskunalari (2,5 %) guruhlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.