2023-yil yanvar- mart oylari holatiga Toshkent viloyatida 2895,7 mlrd. so‘m yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning 42,4 %i xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirildi. Jami xorijiy investitsiya va kreditlar tarkibida xorijiy investitsiyalar 532,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, qolgan 2363,5 mlrd. so‘mi xorijiy kreditlar hisobiga to‘g‘ri keldi.