06/06/2023

Joriy yilning  6- iyun kuni  Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani 1- sonli kasb hunar maktabida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish to‘g‘risida  seminar bo‘lib o‘tdi. 

Seminarda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi “Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish” bo'limi boshlig‘i  U.Sattorov hamda maktab direktori va o‘qituchilari ishtirok etishdi. Seminar jarayonida aholini ro‘yxatdan o‘tkazishning mazmun- mohiyati, uning tarixi, mamlakatning iqtisodiy ijtimoiy rivojlanishdagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar va tushintirishlar berildi.