04/06/2023

2023- yil 1- may holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 3055 tani tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 117,9 foizni tashkil etdi. Shundan yashash boʻyicha xizmatlar  - 336ta, oziq- ovqat va ichimliklar yetkazish boʻyicha xizmatlar  - 2919tani tashkil qildi.Ushbu xizmatlar sohasi tahlili shuni ko‘rsatdiki:

- mehmonxonalar, turistik oromgohlar, dam olish va ko‘ngilochar parklar yashash bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosiy faoliyati hisoblanib,  yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 11,0 foiz ulushini tashkil etdi;

 - restoran va buyurtma bo‘yicha oziq–ovqat va ovqat mahsulotlarini yetkazish, oziqovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosi hisoblanib, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasining 89,0 foiz ulushini tashkil etdi.