04/06/2023

🏢 Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O’zbekistonga 2023 yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 36,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 89 mingta konditsioner import qilingan.

✅ Konditsioner importi 2022 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 908 taga oshgan.  

✅ O’zbekiston 4 oyda eng ko‘p konditsioner import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 86,5 ming dona

— Turkiya – 962 dona

— Tayvan – 270 dona

— Chexiya – 262 dona

— Germaniya – 174 dona

— Fransiya – 161 dona

— Italiya – 143 dona