2023- yilning yanvar-mart oylarida hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi umumiy YAHMning 96,2 %ini, mahsulotlarga sof soliqlar esa 3,8 %ini tashkil etdi.
Hisobot davrida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi 13,9 %ni, sanoat tarmog‘i 50,4 %ni, qurilish 6,3 %ni va xizmatlar sohasi 29,4 %ni tashkil qildi.