02/06/2023

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2023- yilning yanvar-aprel oylarida viloyat korxonalari tomonidan 30 276,3 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 102,3 %ni tashkil etdi.

 Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 85,2 %ni hamda ishlab chiqarish hajmi 25796,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.