2023- yilning yanvar - mart oylarida, shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Zangiota (513,5 mlrd. so‘m), Yangiyo‘l (381,4 mlrd. so‘m) va O‘rta Chirchiq (371,2 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi.
Aksincha, kam hajmga ega hududlarga Yangiyo‘l (5,6 mlrd. so‘m), Nurafshon (8,6 mlrd. so‘m) va Ohangaron (11,3 mlrd so‘m) shaharlarini keltirib o‘tish mumkin.
Yuqori o‘sish sur’atlari Angren shahar (114,5 %), Piskent tumani (112,0 %), Olmaliq shahar (106,3 %) va Ohangaron tumani (104,9 %)da kuzatildi. Nurafshon (29,0 %) shahar va Oqqo‘rg‘on (100,8 %) tumanida esa aksincha past sur’atlar kuzatildi.