31/05/2023

2023-yil yanvar-aprel oylarida respublikada transport xizmatlari hajmi 31 648,3 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan ushbu xizmat turining oʻsish surʼati 111,7 % ni tashkil etdi.

Hududlar kesimida mazkur yoʻnalishda nisbatan yuqori koʻrsatilgan xizmatlar hajmi Toshkent shahri (4 864,1 mlrd. soʻm), Toshkent (2 092,6 mlrd. soʻm), Samarqand (1 955,6 mlrd. soʻm), Fargʻona (1 381,9 mlrd. soʻm) hamda, Qashqadaryo (1 192,0 mlrd. soʻm) viloyatlarida qayd etildi.