2023- yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 4 798,9 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 70,5 % ini tashkil qildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p xizmatlar hajmi Zangiota tumani (411,9 mlrd. so‘m), Chirchiq shahri (392,0mlrd. so‘m), Olmaliq shahri (350,5 mlrd. so‘m), Qibray tumani (337,8 mlrd. so‘m), Toshkent tumani (315,2 mlrd. so‘m), Angren shahri (294,8 mlrd. so‘m) va Bo‘stonliq (258,7 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.