30/05/2023

Toshkent viloyatida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlar egallaydi.

2023- yil yanvar-aprel oylarida bu xizmatlarning ulushi 32,7 %ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar transport xizmatlari (22,6 %), moliyaviy xizmatlar (15,8 %), yashash va ovqatlanish xizmatlari (4,2 %), shuningdek, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (3,6 %)da qayd etildi.