30/05/2023

✅Joriy yilning 29- may kuni  Statistika agentligining xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig‘i A.Mirzaxidov,Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.Urunov, Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi boshlig‘i M.Tastanbekov hamda Bekobod tumani statistika bo‘limi ma’sul xodimi A.Yarlakabov tomonidan Bekobod tumanida  bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning 4 – xizmat (jsh) choraklik tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Kuzatuv davomida bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini  band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar ma'lumotlarini registrator tomonidan planshet qurilmasiga shaffof va xatosiz kiritish ishlari amalga oshirildi hamda  kuzatuvni sifatli o'tkazish boʻyicha tavsiyalar berildi.