29/05/2023

✅Joriy yilning 29- may kuni  Statistika agentligining xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig‘i A.Mirzaxidov,Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.Urunov hamda Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi boshlig‘i M.Tastanbekov tomonidan Bekobod shahrida  bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning 4 – xizmat (jsh) choraklik tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Kuzatuv davomida bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini  band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar tushumini registrator tomonidan sifatli va aniq oʻtkazilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.