Toshkent viloyati bo‘yicha 2023- yilning yanvar-aprel oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 4615,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 15,0 %ga o‘sdi.
Shu jumladan, kichik biznes subyektlarining savdo tovar aylanmasi 3097,7 mlrd. so‘mni (104,6 %ga teng) tashkil etdi.
Ushbu sektor jami viloyat ulgurji savdo tovar aylanmasida 67,1 % ulushni tashkil etdi.