29/05/2023

O‘zbekistonda 2023-yilning 1-may holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 425 958 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 422 282 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Toshkent shahrida – 83 333 ta

Toshkent viloyatida – 39 293 ta

Samarqand viloyatida – 38 327 ta

Farg‘ona viloyatida – 36 522 ta

Qashqadaryo viloyatida – 32 770 ta

Andijon viloyatida – 27 587  ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 150 709 ta

sanoat sohasida – 75 357 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 41 590 ta

qurilish sohasida – 35 637 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 27 729 ta