26/05/2023

✅ Joriy yilning 26- may kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.Urunov, Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi boshlig‘i M.Tastanbekov hamda Quyi Chirchiq tumani statistika bo'limi bosh mutaxassisi I.Andakulov bilan birgalikda Quyi Chirchiq tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Kuzatuv davomida bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini  band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar tushumini registrator tomonidan sifatli va aniq oʻtkazilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.