25/05/2023

✅Joriy yilning 25- may kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Igamberdiyev hamda Chinoz tumani statistika bo‘limi ma’sul xodimi bilan birgalikda Chinoz tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

So‘rovnomada sartoroshxonalar, kiyim tikish, ta’mirlash, kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash kuzovlari va boshqa xizmat turlari kuzatildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.