25/05/2023

Joriy yilning 25- may kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi boshlig‘i M.Tastanbekov tomonidan Yuqori Chirchiq tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.
Kuzatuv davomida bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar tushumini registrator tomonidan sifatli va aniq oʻtkazilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.