25/05/2023

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-mart oylarida respublika boʻyicha jami 1 342,3 mln. dona tuxum olindi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 100,2 % ni tashkil etdi.

Olingan tuxum umumiy hajmining eng yuqori ulushi Toshkent viloyati (17,2 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, Samarqand (14,9 %), Namangan (9,0 %) va Surxondaryo (8,1 %) viloyatlarida ham olingan tuxumning yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.