Joriy yiling 24-26- may kunlari dekloratsiya to’ldirmasdan O‘zbekiston Respublikasiga jismoniy shaxslar tomonidanolib kirilayotgan tovarlarning umumiy hajmini hisoblash uchun kuzatuv ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023- yil 23- may kungi 23-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida 2023- yil 24- may kuni dekloratsiya to’ldirmasdan O‘zbekiston Respublikasiga jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan tovarlar bo‘yicha Toshkent viloyatining Bekobod tumani"Oybek" bojxona postida Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari E.Urunov hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan kuzatuv o‘tkazish ishlari olib borildi.