📝Joriy yiling 24-26- may kunlari dekloratsiya to’ldirmasdan O‘zbekiston Respublikasiga jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan tovarlarning umumiy hajmini hisoblash uchun kuzatuv ishlari amalga oshirilmoqda.
Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Jamoldinov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023- yil 23- may kungi 23-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida 2023- yilning 24- may kuni dekloratsiya to’ldirmasdan O‘zbekiston Respublikasiga jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan tovarlar bo‘yicha Toshkent viloyatining " G’isht-ko‘prik" bojxona postida viloyat statistika boshqarmasi mas'ul xodimlari bilan birgalikda kuzatuv o‘tkazish ishlari olib borildi.