23/05/2023

Toshkent viloyatida 2023-yilning 1-may holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan  korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 45 515 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 39 293 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Zangiota tumani – 4 166 ta
  • Qibray tumani – 3 312 ta
  • Toshkent tumani 2 705 ta
  • Chirchiq shahri 2 138 ta

 Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

  • savdo sohasida – 13 751 ta
  • sanoat sohasida – 7 598 ta
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 4 551 ta
  • qurilish sohasida – 3 070 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 3 036 ta