22/05/2023

Ushbu so‘rovnomada 1 780 ta kichik korxona va mikrofirmalar ishtirok etdi. Ularning 537 (30,2 %)tasi iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholadi. 1070 (60,1 %)ta subyektlar iqtisodiy vaziyatni qoniqarli deb baholadi. Qolgan 173 (9,7%)ta subyektlar iqtisodiy vaziyatni qoniqarsiz deb baholagan. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarning taqsimlanishi (ulushi) savdoda – 40,5 % (721 ta), xizmatlar sohasida – 25,1 % (446 ta), sanoatda – 19,9 % (355 ta), qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 7,7 % (137 ta), qurilishda – 6,8 % (121 ta)ni tashkil etdi