Joriy yilning 19- may kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlama kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuvda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Statistika agentligi “Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar kiritish bo`yicha tizimli statistik kuzatuvlar bo`limi ” bosh mutaxassisi A.Abduraxmonov, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o’rinbosari X.Igamberdiyev hamda Bo‘stonliq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi S.Filimonova ishtirok etishdi.
Tanlama kuzatuvidan maqsad, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iboratdir.