Joriy yilning 18- may kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i o‘rinbosari X. Igamberdiyev tomonidan “Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari” bo'limi xodimlari bilan birgalikda seminar o‘tkazildi.
Seminarda kuzatuvlarda olinadigan ma’lumotlar sifatini yaxshilash, ishonchliligini ta’minlash, aholi daromatlari va xarajatlari, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan iste’mol xarajatlari, uzoq muddatli foydalanadigan buyumlar bilan ta’minlanganligi bo‘yicha ko‘rsatkichlarni shakllantirishda Statistika agentligi tomonidan tasdiqlangan qarorlari bilan tasdiqlangan qo‘llanma va nizomlarga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.