18/05/2023

Toshkent viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 90,4 %ni yoki 6166,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

O‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar tarkibida korxona va tashkilotlar mablag‘i 2142,2 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 31,4 %ni hamda aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 12,0 % yoki 821,4 mlrd. so‘m o‘zlashtirildi.