18/05/2023

✅Joriy yilning 18-may kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.Urunov hamda Bekobod tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi A.Yarlakabov tomonidan Bekobod tumanida tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Tanlama kuzatuvda Statistika agentligining  ma’sul xodimi A.Toshev ishtirok etdi va ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdi. Shakllangan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi.