Joriy yilning yanvar-mart oylari mobaynida import hajmi 938,8 mln. AQSh dollarni (2022- yilning shu davriga nisbatan o‘zgarish sur’ati 105,1 %) tashkil etdi.
Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (27,5 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (18,0 %), nooziq-ovqat xomashyosi (yoqilg‘idan tashqari) (17,8 %), sanoat tovarlari (13,0 %) hamda kimyoviy vositalar va shu kabi mahsulotlar (9,3%) hisobiga to‘g‘ri keldi.