17/05/2023

Toshkent viloyati bo‘yicha 2023- yilning mart oyida ulgurji savdo tovar aylanmasi 3485,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 119,4 % ga o‘sdi.

Kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi ulushi statistik hisoblarga qaraganda 2104,4 mlrd. so‘mni tashkil qilib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 103,9 %ga to‘g‘ri keldi. Viloyatda ushbu sektorning ulgurji savdo hajmidagi ulushi 62,9 % ni tashkil qildi

Ulgurji savdo tovar aylanmasida yuqori o‘sish sur’atlariga ega eng yirik korxonalar Qibray tumanida 962,6 mlrd. so‘m, Toshkent tumanida 99,9 mlrd. so‘m va Parkent tumanida 33,6 mlrd. so‘m kuzatildi.