15/05/2023

Joriy yilning 15- may kuni Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlanma kuzatuvlari o’tkazildi. Kuzatuvda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi Investitsiya va qurilish bo’limi boshlig’i A.Zuxriddinov hamda hududiy statistika bo’limi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tanlanma kuzatuvdan maqsad, jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibda qurilib foydalanishga topshirilgan uy-joylarning qurilish osti maydonining 1 kv.m. qiymatini o’rtacha miqdorini hisoblash uchun zarur bo’lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iborat. Bu esa o’z navbatida ushbu kuzatuv natijalari asosida haqqoniy statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.