11/05/2023

2023- yilning yanvar-aprel oyida jami 2 568 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

  • savdo sohasida – 976 ta
  • sanoat sohasida – 437 ta
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 275 ta
  • qurilish sohasida – 173 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 214 ta
  • tashish va saqlash sohasida – 84 ta
  • axborot va aloqa sohasida – 75 ta
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 32 ta
  • boshqa sohalarda – 302 ta