2023- yil yanvar-mart oylarida Nurafshon shahrida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 353,6 mlrd. so‘mga yetdi va o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur’ati 98,4 % ni tashkil etdi.
Shu jumladan qurilish-montaj ishlari 183,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida Nurafshon shahrining ulushi 5.1%ni tashkil qildi.
Asosiy kapitalga kiritilgan jami xorijiy investitsiya 106,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi, shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 12,3 mlrd. so‘mni va kafolatlanmagan kreditlar 85,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi .