2023- yilning yanvar - mart oylarida Toshkent viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 163 ming t. sut (2022- yilning yanvar - martiga nisbatan 1,1 %ga ko‘p) yetishtirildi. Sut yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, sut yetishtirish umumiy hajmidan 90,7 %i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.