04/05/2023

Joriy yilning 4-may kuni Toshkent viloyati  statistika boshqarmasining majlislar zalida 2023- yil I chorak yakunlari bo'yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida ustuvor vazifalarga bag’ishlangan  boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yig`ilishi o‘tkazildi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Statistika agentligi Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko`rsatish boshqarmasi boshlig‘i  Nurbek Sheraliyev, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boshqarmasi boshlig‘i Fayzulla  Berdibayev,  Viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarmaning tarmoq bo’limlari hamda hududiy statistika bo’lim xodimlari qatnashdi.

Yig'ilishni Toshkent viloyat statistika boshqarmasi boshligi Shuhrat Jamoldinov ochib berib,  hududiy statistika bo’lim xodimlari zimmasiga qo'yilgan  vazifalar va tizimda 2023-yil I chorak yakunlarida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida to'xtalib o'tdi.

Yig’lish davomida boshqarma va hududiy statistika boʻlimi rahbarlaridan bugungi yigʻilishda koʻrib chiqilgan masalalar, 2023- yil I- choragi davomida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklardan oʻzlariga tegishli xulosa chiqarib olishlarini hamda kelgusida bu kabi kamchiliklarning oldini olish boʻyicha aniq chora tadbirlar koʻrishlarini, statistika ishlari dasturida belgilangan vazifalar bo’yicha ijro holati, hisobotalar qamrovi ham kuzatuvlarni aniq va sifatli bajarilishini taʼminlash boʻyicha  ko‘rsatmalar berildi.

Bugungi yig‘ilishda tizimda korrupsiyaga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborot berildi.

Yig‘ilish yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha  qarorlar qabul qilindi.