03/05/2023

2023- yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 1 563,5 milliard so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 53,5 % ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2022- yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 108,9 % ni tashkil qildi

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p bajarilgan qurilish ishlari hajmi Zangiota tumani 174,6 mlrd. so‘m, Olmaliq shahri 134,0 mlrd. so‘m, Nurafshon shahri 120,9 mlrd. so‘m, Yuqori Chirchiq tumani 116,0 mlrd. so‘m, O‘rta Chirchiq tumani 92,8 mlrd. so‘m, Chirchiq shahri 91,3 mlrd. so‘m hamda Yangiyo‘l 88,4 mlrd.so‘m  shaharlarida qayd etildi.