03/05/2023

 ✅Joriy yilning 3- may kuni  Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Igamberdiyev hamda Chirchiq shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi U.Sapaitdinov tomonidan  Chirchiq shahrida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning 4 – xizmat (jsh) choraklik tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv davomida bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini  band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar tushumini registrator tomonidan sifatli va aniq oʻtkazilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.