02/05/2023

✅Joriy yilning 2- may kun Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Igamberdiyev hamda Qibray tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi D.Toirova tomonidan Qibray tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning 4 – xizmat (jsh) choraklik tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Kuzatuv davomida bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini  band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar tushumini registrator tomonidan sifatli va aniq oʻtkazilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.